Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda
2024-08-02 20:20:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va uning xavflarini oldini olish, agrosanoat sohasida hamkorlikni kuchaytirish, fermerlarga xizmat ko‘rsatishning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va ishlab chiqilayotgan loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berar ekan, bu borada Osiyo taraqqiyot banki bilan o‘zaro hamkorlik istiqbollariga ham to‘xtalib o‘tishdi.
Muzokaralar davomida Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektorining uzoq yillik va ishonchli hamkori sifatida qayd etilib, hozirgi kunda tashkilotning vazirlik bilan amalga oshirayotgan loyihalar qiymati va bugungi kunga qadar hamkorlikda erishilgan ijobiy natijalar e’tirof etildi.
Vazir o‘z navbatida, mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida ham juda katta ko‘lamdagi islohotlar amalga oshirilayotganiga, bunda nafaqat soha vakillarini, balki xalqimizni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalasi yetakchilik qilayotganiga urg‘u berar ekan, mazkur loyihaning tez fursatlarda amalga oshirilishi nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorij mamlakatlari aholisi uchun ham manfaatli bo‘lishini ta’kidladi.
Shuningdek, Osiyo taraqqiyot banki hamkorligida Qashqadaryo viloyatida suv xo‘jaligi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va degradatsiyaga uchragan qishloq xo‘jaligi yerlarini qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratuvchi mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, joylarda organik mahsulot ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish yo‘lidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.






