“Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi
2026-05-12 09:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 18-martdagi 109-son qarori hamda uning 2-ilovasi 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlikda muhim tashabbus joriy etildi.
Mazkur qarorga muvofiq, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirishni kengaytirish, shuningdek, qog‘ozdan foydalanishni bosqichma-bosqich qisqartirish choralari amalga oshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, vazirlikda har oyning so‘nggi jumasida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasini o‘tkazish tartibi belgilandi.
Ushbu tashabbus doirasida:
-
barcha ichki va tashqi hujjatlar to‘liq elektron shaklda yuritiladi;
-
qog‘oz hujjatlardan foydalanish maksimal darajada cheklanadi;
-
raqamli boshqaruv tizimlari samaradorligi oshiriladi;
-
ekologik barqarorlikni ta’minlashga hissa qo‘shiladi.
