Agrar va oziq-ovqat sohalarini qo‘llab-quvvatlash tizimi tubdan takomillashtiriladi
2026-04-29 18:45:00 / Yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining "Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" (28.04.2026-y. №206) qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra,
➖ Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplashning yangi tartibi tasdiqlandi;
➖ Agrar va oziq-ovqat sohalarida subsidiya ajratish jarayonlaridagi mavjud byurokratik to‘siqlar bartaraf etilib, tizim to‘liq shaffoflashtiriladi;
➖ Subsidiya oluvchilar uchun yagona elektron platforma imkoniyatlari kengaytirilib, arizalarni ko‘rib chiqish va mablag‘larni yo‘naltirish muddatlari optimallashtirildi;
➖ Sohada davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy ko‘makning manzilliligi va natijadorligini ta’minlash bo‘yicha qat’iy nazorat mexanizmi o‘rnatildi;
➖ Qaror bilan bir qator muhim nizomlar, jumladan, suv tejovchi texnologiyalar va qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishni rag‘batlantirish tartiblari kuchga kirdi.
Batafsil tanishish uchun - Yuklab olish
