Moliyaviy nazoratni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
2026-04-29 15:45:00 / Yangiliklar

Tadbirda Hisob palatasi vakili Sh. Sharipov tomonidan Farmonning mazmun-mohiyati, davlat moliyaviy nazorat tizimiga joriy etilayotgan yangi yondashuvlar, jumladan Bosh inspektorlar instituti faoliyati hamda “aniqlash emas, oldini olish” tamoyiliga asoslangan nazorat modeli haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, budjet mablag‘lari va davlat tashqi qarzi resurslaridan samarali va maqsadli foydalanish, moliyaviy intizomni kuchaytirish, ichki nazorat tizimini takomillashtirish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy risklarni erta aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ilgari surildi.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan sohadagi dolzarb muammolar va amaliy tajribalar yuzasidan fikr almashildi.
Tashkil etilgan ushbu o‘quv-seminarlar davlat auditi tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish hamda soha xodimlarining kasbiy salohiyatini mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.




