Jenevada O‘zbekiston delegatsiyasi Barqaror rivojlanish bo‘yicha mintaqaviy forumda ishtirok etdi
2026-04-27 14:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Mazkur forum doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligida davlat qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish: barqarorlik va iqlimga mos transformatsiya uchun institutsional islohotlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
ℹ️Tadbir O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi Doimiy vakolatxonasi hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ko‘magida tashkil etildi.
💻Davra suhbatida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan: davlat qo‘llab-quvvatlash tizimini samaradorlik va natijadorlikka yo‘naltirish, iqlim o‘zgarishlariga moslashuvchanlikni kuchaytirish,
hamda institutsional mexanizmlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
📌Xususan, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash, subsidiyalar tizimini raqamlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan yangi yondashuvlar, fermerlar uchun sug‘urta mexanizmlarini kengaytirish, shuningdek hududlarning ixtisoslashuvi va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqib resurslarni samarali yo‘naltirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar taqdim etildi.
✍️Tadbir doirasida ishtirokchilar o‘rtasida davlat moliyasini samarali boshqarish hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
👥Davra suhbati yakunida Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan Jeneva shahridagi BMT bo‘linmasida rasmiy qabul tashkil etildi.
✅Mazkur tadbir O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligini barqaror, samarali va iqlimga mos rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini xalqaro maydonda namoyish etish, shuningdek, ilg‘or tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.


