Issiqxonaning yashirin formulasi: limon + kartoshka
2026-04-28 10:45:00 / Yangiliklar

Xususan, tumandagi “Varganza Bog‘ishamol tomorqa xizmati” MCHJ tasarrufidagi 1 gektarlik zamonaviy issiqxonada yer maydonidan oqilona foydalanishning ilg‘or namunasi yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu issiqxonada asosiy ekin sifatida ekilgan limon ko‘chatlari orasiga qo‘shimcha ravishda kartoshka ekilib, bugungi kunda pishib yetilgan hosilni yig‘ib olish ishlari olib borilmoqda.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, issiqxona sharoitida agrotexnik talablarga to‘liq amal qilingan holda yetishtirilgan mahsulot yuqori samaradorlikni ko‘rsatmoqda.
Issiqxonaning umumiy maydoni 1 gektarni tashkil etib, undan 30–35 tonna hosil olish rejalashtirilgan.
Maqsad bozorlarda narx barqarorligini ta’minlash va ichki iste’molni sifatli mahsulot bilan ta’minlashdan iborat.



