Takroriy ekin: Aysberg karamini yetishtirish
2026-04-28 12:00:00 / Yangiliklar
Aysberg karami salatlar tayyorlashda eng ko‘p ishlatiladigan va iste’molchilar orasida mashhur sabzavotlardan biridir. Restoranlar, do‘konlar va bozorlar ushbu karam turiga yuqori talab bildirmoqda. Narxining barqarorligi va bozordagi xaridorgirligi tufayli aysberg karami dehqonlar uchun daromadli ekin hisoblanadi.

Ekish uchun mos maydonlar: erta hosil beradigan kartoshka, sabzi, bodring, osh lavlagi va g‘alladan bo‘shagan yerlar.
Tavsiya etilgan navlar: Konkord F1, Lagunas F1, Saula F1, Fioret, Madrid F1, Robinson F1, Krupnokochanniy, Russkiy razmer.
O‘g‘itlash me’yorlari (1 gektar uchun):
➖Bo‘z tuproqlarda – 240 kg azot, 160 kg fosfor, 100 kg kaliy.
➖O‘tloqi-botqoq tuproqlarda – 200 kg azot, 160 kg fosfor, 120 kg kaliy.
Sug‘orish tartibi:
➖Bo‘z tuproqlarda – 7–8 marta.
➖Sizot suvi yuqori hududlarda – 5–7 marta.
Sug‘orish me’yori – 500–550 m³/ga.
Hosildorlik – o‘rtacha 23–25 tonna/ga.
