Rahbar va yoshlar uchrashuvi: urug‘chilik tizimida ilmiy salohiyatni rivojlantirish sari muhim qadam
2026-04-16 15:30:00 / Yangiliklar

Tadbir urug‘chilik va seleksiya yo‘nalishida faoliyat boshlayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot maydoniga aylandi.
Muloqot davomida yuqori reproduksiyali urug‘lik yetishtirish, urug‘lik sifati va sertifikatsiya tizimini takomillashtirish, shuningdek, zamonaviy seleksiya yutuqlarini amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ayniqsa, genetik toza navlar yaratish, urug‘lik materiallarini ko‘paytirishning innovatsion usullari hamda biotexnologik yondashuvlar asosida seleksiya jarayonlarini jadallashtirish masalalari asosiy e’tiborda bo‘ldi.
Shuningdek, ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, urug‘chilik infratuzilmasini rivojlantirish va laboratoriya bazasini mustahkamlashga qaratilgan takliflar ilgari surildi.
Aytish kerakl, ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda urug‘chilik sohasida mavjud muammolarni tizimli hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.




