O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi faoliyatini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi
2026-04-02 11:00:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, ekologik muammolarni bartaraf etish, o‘sib borayotgan aholining oziq-ovqatga va sanoatning xomashyoga bo‘lgan talabini qondirish, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishda qishloq xo‘jaligi sohasi ilm-fani o‘rnini yuksaltirish hamda innovatsion faoliyatni boshqarish va tartibga solishning yagona tizimini yaratish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PF-40-son Farmoni bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligida mazkur Farmon ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida soha akademiklari bilan hamkorlikda yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining ustavi, Akademiya haqiqiy (akademik) va muxbir a’zoligiga tanlov asosida saralash va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihalarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish yakunida mazkur hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, yangi tashabbuslarni shakllantirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.



