O‘zbekiston–Ukraina: agrar hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
2026-04-01 21:20:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashib, ayniqsa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini kengaytirish, jumladan, parranda go‘shti eksportini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini atroflicha muhokama qildilar. Bu borada sifat, logistika hamda bozorlarga kirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi yo‘nalishida ilg‘or texnologiyalarni jalb etish va ularni mamlakatimiz agrar tarmog‘iga joriy etish masalalari ham muhokama qilindi. Zamonaviy texnika va innovatsion yechimlar orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mehnat unumdorligini yaxshilash hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan o‘zaro manfaatli takliflar ilgari surildi.
Tomonlar kelgusida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va izchil muloqotni davom ettirish borasida dastlabki kelishuvga erishdilar.




