Oziq-ovqat xavfsizligi va iqlim masalalariga bag‘ishlangan xalqaro muloqot o'tkazildi
2026-04-01 18:35:00 / Ommaviy tadbirlar

Mazkur tadbir oziq-ovqat tizimlarini barqaror rivojlantirish, iqlim o‘zgarishlariga moslashish hamda agrar sohada samarali boshqaruv mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan muhim muloqot maydoniga aylandi.
Seminarning ikkinchi kuni doirasida bir qator muhim sessiyalar tashkil etilib, ularning har biri oziq-ovqat tizimlarini transformatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlarini qamrab oldi. Xususan, “O‘zbekiston harakati: oziq-ovqat tizimlari uyg‘unlashuvi uchun asos yaratish” mavzusidagi sessiyada milliy darajada olib borilayotgan islohotlar, strategik yondashuvlar hamda mavjud imkoniyatlar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish hamda iqlimga moslashgan qishloq xo‘jaligi tizimlarini shakllantirish masalalari alohida urg‘u bilan qayd etildi.
Tadbir davomida ilgari surilgan tashabbuslar O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlarini modernizatsiya qilish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash hamda iqlim o‘zgarishlariga moslashgan innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.



