Degradatsiyaga moyil tuproqlarda samarali dehqonchilik – zamon talabi!
2026-03-31 09:00:00 / Yangiliklar

Shu nuqtayi nazardan qishloq xo‘jaligida quyidagi zamonaviy va innovatsion yo‘nalishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda:
Tomchilatib sug‘orish – suvdan tejamkor foydalanish, hosildorlikni oshirish va qo‘shimcha maydonlarni sug‘orish imkonini yaratadi;
Fertigatsiya usuli – suv va o‘g‘itni bir vaqtda qo‘llash orqali oziqa elementlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi;
Murakkab va muvozanatlashgan o‘g‘itlar – makro- va mikroelementlarni maqbul nisbatda qo‘llash imkonini beradi;
Aqlli agrotexnologiyalar – sensor, GPS va raqamli monitoring asosida sug‘orish hamda o‘g‘itlashni boshqarishni takomillashtiradi;
Innovatsion ilmiy yondashuvlar – yuqori va sifatli ekologik toza hosil olish, shu bilan birga agroekotizim barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bugungi kunda Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutida mazkur yo‘nalishda Innovatsion rivojlantirish agentligi tomonidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan amaliy loyiha ishlari boshlangan. Chunki, yer, suv va ozuqa resurslaridan oqilona foydalanishga asoslangan resurstejovchi agrotexnologiyalarni keng joriy etish dehqonchilikni yangi bosqichga olib chiquvchi muhim omil hisoblanadi.
