Agroportalda tijorat banklari bilan hamkorlik yanada kengaytirildi
2026-03-30 12:35:00 / Yangiliklar

Topshiriq ijrosini ta’minlash, shuningdek ko‘plab fermer xo‘jaliklarining takliflarini inobatga olib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi va respublikada faoliyat yuritayotgan tijorat banklari bilan hamkorlikda tegishli tadbirlar amalga oshirildi.
Hozirda 14 ta tijorat banklari mijozlari hisoblangan fermer xo‘jaliklari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, urug‘chilik korxonalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari Agroportaldagi shaxsiy kabinetlarida “Tadbirlar va to‘lovlar” bo‘limi orqali bank xizmatlariga kirishlari va yangi imkoniyatlardan foydalanishlari mumkin.
Xizmat ko‘rsatayotgan banklar:
— “Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ
— “O‘zsanoatqurilishbank” ATB
— “Asakabank” AJ
— “Biznesni rivojlantirish banki” ATB
— “Mikrokreditbank” ATB
— “O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki” ATB
— “Turonbank” ATB
— “Aloqabank” ATB
— “Garant bank” ATB
— “Madad invest bank” ATB
— “Universal bank” XATB
— “Infinbank” ATB
— “Hamkorbank” ATB
— “Trastbank” XATB
Xizmatdan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://t.me/uzagroministry/46617
☎️ Foydalanuvchilarni texnik qo‘llab-quvvatlash:
Telegram: t.me/agrogovuzchat
Call-markaz: (71) 206-70-07
