Xalqaro forumda nufuzli mehmonlar ishtirokida muhim chiqishlar bo’lib o’tdi
2026-03-23 17:00:00 / Ommaviy tadbirlar

Jumladan, Italiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston hamda Turkmanistondan tashrif buyurgan mehmonlar nutq so‘zlab, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ular o‘z chiqishlarida qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni keng joriy etish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan yechimlarni ishlab chiqish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladilar.
Ishtirokchilar mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, investitsiyalarni jalb qilish hamda ilg‘or tajriba va texnologiyalar almashinuvini kengaytirish orqali barqaror agroekotizimlarni shakllantirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mumkinligini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, “Italiya – Markaziy Osiyo (C5) + Ozarbayjon” xalqaro forumining yakuniy kommyunikesi qabul qilindi.
Unga ko‘ra, tomonlar qishloq xo‘jaligi va agrooziq-ovqat sohasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishdilar.









