Qoraqalpog‘iston: yangilikdan qo‘rqmaslik – taraqqiyot garovi
2024-06-20 10:45:00 / Yangiliklar

Yer maydoni 85,6 gektarni tashkil etadigan mazkur fermer xo‘jalikning asosiy yo‘nalishi paxta va g‘allachilik bo‘lib, 50 gektar maydonning 10 gektarida Xitoyning "Xin LuZhoang-52" navi qolgan qismida mahalliy “Sulton” paxta navi 60 sxemada yetishtirilmoqda. 10 gektarda g‘alla, qolgan qismida esa, poliz va sabzavotchilik ko‘chatlari yetishtirilmoqda.
To‘g‘ri hali bu yerda qilinadigan ishlar yetarlicha, biroq agrotexnikalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi kutilgan natijasini berishi bor gap. Bu yerda paxtani yetishtirish bo‘yicha yangicha yondashuv asosida ish olib borilmoqda.
Vazir ayni jihatlarga e’tibor qaratar ekan, bu yerda ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagani, hududda olib borilayotgan agrotexnik tadbirlar, shuningdek, vegetatsiya jarayoni bilan yaqindan tanishar ekan, ilmiy yondashuv asosida ilg‘or va zamonaviy qishloq xo‘jaligi agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borish ularning aprobatsiyasini to‘g‘ri va o‘z muddatida o‘tkazish borasida o‘z takliflarini berib o‘tdi.
O‘z navbatida, bu yerda ekilgan mahalliy urug‘lar bilan bir qatorda kelgusida xorijiy navlarni ham yetishtirish, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda mahsulot yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘zaro munosabatlarda har tomonlama maqbullik nuqtai nazaridan yondashish lozimligi qayd etildi. Albatta, Qoraqalpog‘iston diyorida ham plyonka ostiga qo‘shqator qilib 76 sxemada paxta navini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish orqali aynan hosilning 60-70 sentnerdan olishini bor gap.
Maqsad ham shu. Paxta yetishtirish holati va hosildorlikni oshirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, xorijiy va mahalliy olimlarning integratsiyalashuvi asosida boy tajribasi hamda ilmiy asoslangan tavsiyalar asosida ish olib borish orqali hosildorlikni karrasiga oshirishdan iborat.
Albatta, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning barqarorligini ta’minlash va qishloq xo‘jaligi-oziq-ovqat tizimlarini o‘zgartirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish, shu bilan birga munosib ish o‘rinlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Zero, hosildorlikni oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabni qondirish, uning xavfsizligini ta’minlash, eksport geografiyasini kengaytirish – xalqimizning turmush sharoitini oshirish imkonini beradi.






