Banan po‘stlog‘idan tabiiy o‘g‘it: u qanday xususiyatlarga ega?
2026-03-15 14:05:00 / Yangiliklar
Banan o‘zining ozuqaviyligi, turli vitaminlarga boyligi bilan qadrlanadi. Ahamiyatlisi, uning qobig‘i ham ba'zi o‘simliklar uchun tabiiy o‘g‘it tayyorlashda ishlatiladi.

Banan po‘stlog‘i poya va ildizlarning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan kaliyga, shuningdek, azot va magniyga boy. U fotosintez jarayonida qo‘shimcha quvvat bo‘lib, ozuqa moddalarining so‘rilishini yaxshilaydi.
Ushbu meva po‘stlog‘idan tayyorlangan tabiiy o‘g‘it meva yetishtirish uchun, shuningdek qovoq, baqlajon va bodring kabi sabzavotlar uchun juda mos keladi.
O‘g‘it qanday tayyorlanadi?
10 litr suv uchun bir kilogramm banan po‘stlog‘i yetarli hisoblanadi. Ikkisi me'yoriga yetguncha aralashtiriladi. Bu jarayonda quyosh nuridan saqlanish lozim. 48 soatlik tindirish jarayonidan keyin filtrlanadi. Olingan suyuq o‘g‘it 1/3 o‘g‘it va 2/3 suv bilan suyultirilishi kerak.
