O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi
2026-03-13 21:15:00 / Yangiliklar

Farmonga muvofiq, mamlakatimizda agrar sohani ilmiy-innovatsion asosda rivojlantirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi.
Mazkur akademiya qishloq xo‘jaligida fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish hamda agrosanoat majmuasining ilmiy rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Asosiy maqsadlar:
Qishloq xo‘jaligiga oid patentlangan ishlanmalar va texnologiyalar sonini 3 baravarga oshirish
Xalqaro ilmiy jurnallarda chop etiladigan maqolalar sonini 2 baravarga ko‘paytirish
Davlat ilmiy dasturlari doirasidagi loyihalar sonini 2 baravarga oshirish
Xalqaro hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlarni 3 baravarga kengaytirish
Agromaslahat va agrotexnologiya xizmatlaridan foydalanadigan subyektlar qamrovini 4 baravarga oshirish
Akademiyaning ustuvor yo‘nalishlari:
▪️ Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar va ilmiy ishlanmalarni joriy etish;
▪️ Yer va agrar islohotlarga oid normativ hujjatlarni ilmiy ekspertizadan o‘tkazish;
▪️ Ilm-fan, fermer va tadbirkor hamkorligida “Living lab” loyihalarini amalga oshirish;
▪️ Yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash va ilmiy maktablarni rivojlantirish.
Ilmiy unvonlar joriy etiladi:
yosh akademik;
Akademiya professori;
muxbir a’zo;
haqiqiy a’zo (akademik);
xorijiy a’zolar.
Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlash:
Akademiya huzurida qishloq xo‘jaligida ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Ushbu jamg‘arma uchun har yili 50 mlrd so‘mgacha mablag‘ ajratilishi belgilangan.
Shuningdek, Toshkent viloyatida Qishloq xo‘jaligi fundamental tadqiqotlar markazi (Centre of Excellence) tashkil etiladi. Markazda:
➖ iqlim o‘zgarishi
➖ tuproq sho‘rlanishi
➖ yuqori hosilli va qurg‘oqchilikka chidamli navlar yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boriladi.
Ushbu farmon qishloq xo‘jaligida ilm-fan, innovatsiya va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash hamda eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
(https://api-portal.gov.uz/uploads/24/2026/03/13/1d2db702-3a47-91c0-9caa-95d7f3db1dec_media_.pdf)
