Agroportal endi mobil qurilmalarda!
2026-03-12 09:30:00 / Yangiliklar

Mobil ilova orqali siz:
➖Qishloq xo‘jaligi sohasidagi elektron davlat xizmatlaridan tez va xavfsiz foydalanishingiz mumkin;
➖Ariza va hujjatlarni yuborish, javoblarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz;
➖Elektron hujjatlarni shakllantirish, saqlash va ularning haqiqiyligini tekshirish;
➖Agrosanoat majmuiga taalluqli xizmatlar holatini jonli kuzatib borish imkoniyati mavjud.
Agroportal mobil ilovasi — bu qishloq xo‘jaligi sohasida ish yurituvchi har bir inson uchun qulay, tezkor va ishonchli manba. Endi barcha funksiyalarni smartfoningiz yoki planshetingizdan ishlatishingiz mumkin.
Ilovani yuklab olish: Google Play (https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.digitagro.agro_portal) orqali oson yuklab olishingiz mumkin.
AgroPortal bilan qishloq xo‘jaligida ish yuritish endi yanada sodda va samarali!
