Munis ayollarimiz – yurt taraqqiyotining yorqin timsoli
2026-03-06 13:45:00 / Ommaviy tadbirlar

Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida ayollarimizning mehnati alohida e’tirofga loyiq. Ularning serg‘ayratligi, fidoyiligi va izlanishlari tufayli sohada muhim natijalarga erishilmoqda.
Bunday sa’y-harakatlar mamlakatimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Bunday yutuqlar davlatimiz rahbari tomonidan xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibor va hurmatning yorqin ifodasidir.
Shu munosabat bilan bugun ko‘plab idora va tashkilotlarda bayram tadbirlari tashkil etildi. Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligida ham ushbu sana munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda sohada ko‘p yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarning fidokorona xizmatlari e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi hamda bayram sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutayotgan qishloq xo‘jaligi sohasida gender tengligi tamoyili asosida faoliyat yuritayotgan ayollar safi tobora kengayib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Bunday e’tibor va ehtirom ayollarimizga bo‘lgan yuksak hurmat ifodasi bo‘lib, ularning jamiyatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.









