Qishloq xo‘jaligida gender tenglik masalalari muhokama qilindi
2026-02-23 14:35:00 / Yangiliklar

Unda sohada amalga oshirilayotgan gender siyosati natijalari, ayollarni rahbarlik lavozimlariga kengroq jalb etish, ularning malakasini oshirish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari muhokama qilindi.
Shuningdek, qishloq hududlarida xotin-qizlar iqtisodiy faolligini kuchaytirish, kasbiy tayyorlov kurslari va tadbirkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bu borada amalga oshirilayotgan o‘quv-seminarlar, amaliy treninglar va yangi loyihalar ayollarning agrar sohadagi faolligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Yig‘ilish yakunida gender tenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash, xotin-qizlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.



