Zamonaviy agrotexnologiyalar – agrar rivojlanishning ustuvor yo‘nalishi
2026-02-23 18:45:00 / Ommaviy tadbirlar

Tadbirda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari va amaliyotchi agronomlar ishtirok etdi.
Seminar jarayonida daladagi real holat tahlil qilinib, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Xususan, yerga ishlov berish sifati, oziqlantirish tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, mineral va organik o‘g‘itlardan me’yor asosida foydalanish, suvni tejovchi texnologiyalarni qo‘llash hamda integratsiyalashgan himoya choralarini kuchaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.
Mutaxassislar erta bosqichdagi agrotexnik tadbirlar kelgusidagi hosildorlikni belgilab berishini ta’kidlab, har bir maydonda ilmiy yondashuv va intizomiy nazoratni kuchaytirish zarurligini qayd etdi.
Amaliy muloqot shaklida o‘tgan seminar fermerlar uchun tajriba almashish va dolzarb muammolarga yechim topish maydoniga aylandi.



