Nokning Starkrimson navi
2026-10-28 12:30:00 / Yangiliklar
Nokning ushbu navi 1939-yilda AQShning Michigan shtatida yaratilgan bo‘lib, 2005-yildan Toshkent viloyati davlat reyestriga kiritilgan.

Mevasi avgust oyining birinchi o'n kunligida yetiladi. Novdasi ekilgandan keyin beshinchi yili hosilga kiradi.
Starkrimson nok daraxtining bo‘yi o‘rtacha - 5 metr bo‘lib, shox-shabbasi o‘rtacha, piramidasimon-yoyiq shaklda, bargi o‘rtacha tuxumsimon, uchli va silliq.
Mevasi yirik noksimon, silliq, rangi to‘q qizil. O‘rtacha vazni – 160-250 grammni tashkil etadi. Eti oq, sersuv, mevasi shirin, shu vaqtning o‘zida biroz nordonroq, juda xushbo‘y.
1 gektar maydondan hosildorligi – 129 sentnerni tashkil etsa, qayd etilgan eng yuqori hosildorligi - 211 s/ga.


