Bakalavriat bosqichi bo‘yicha Prezident va nomli davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi
2026-02-03 12:30:00 / Yangiliklar

Tanlov yakunlariga ko‘ra, stipendiya sovrindori bo‘lmagan, biroq munosib natija ko‘rsatgan talabalar ham e’tibordan chetda qolmadi. Ular tegishli oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari tomonidan rag‘batlantirilishi belgilandi.
Rag‘batlantirish tartibiga muvofiq:
Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etgan talabgorlar — sertifikat hamda bazaviy stipendiyaning 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti;
Nomli davlat stipendiyalari talabgorlari esa — sertifikat va bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan taqdirlanadi.
E’tiborlisi, stipendiya sohiblari orasida Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar ham bor. Bu holat agrar sohada ta’lim olayotgan yoshlarning ilmiy va intellektual salohiyati yildan-yilga oshib borayotganidan dalolat beradi.
Mazkur natijalar yoshlarni ilm-fan, izlanish va yuksak marralar sari undashda davlat stipendiyalarining muhim rag‘batlantiruvchi omil ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
