Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida elektron tanlov
2026-01-16 09:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Qishloq xo‘jaligi sohasida yuqori hosildorlikni ta’minlash hamda sifatli urug‘lik bazasini shakllantirish maqsadida 2027-yil hosili uchun urug‘lik paxta yetishtirish yo‘nalishida qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasida tanlov e’lon qilinadi.

Mazkur tanlov doirasida sifatli urug‘lik yetishtirish salohiyatiga ega bo‘lgan subyektlarni saralab olish ko‘zda tutilgan. Shu munosabat bilan 2026-yil 15-yanvardan 5-fevralga qadar “E-urug‘” axborot tizimi orqali tanlovda ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinadi.
Arizalar elektron tarzda quyidagi manzil orqali taqdim etiladi: https://e-seeds.uz
Qo‘shimcha ma’lumot va maslahatlar uchun:
➖Telegram: https://t.me/govagrouz/42
➖Telefon: (71) 203-05-25 (212)
Barcha manfaatdor qishloq xo‘jaligi subyektlari tanlovda faol ishtirok etishga taklif etiladi.
