Raqamli qishloq xo‘jaligi sari: O‘zbekiston va Koreya hamkorligi yangi bosqichda
2026-01-08 20:25:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Unda hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Toshkent viloyatida iqlim o‘zgarishiga javob beruvchi, fazoviy ma’lumotlarga asoslangan raqamli qishloq xo‘jaligi platformasini yaratish” loyihasiga oid masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida loyiha doirasida kiritilayotgan o‘zgartirishlar, yo‘nalishlar va amalga oshirish muddatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Tomonlar, ayniqsa, qishloq xo‘jaligiga oid fazoviy ma’lumotlar bazasini to‘liq shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.
Suhbat davomida loyiha doirasida pilot hudud sifatida tanlangan ikki joyda o‘rnatiladigan agrometeostansiyalar faoliyati ham muhokama etildi. Mutaxassislar ushbu stansiyalar xalqaro talablarga muvofiq o‘rnatilishi, ularning ishlash tamoyillari hamda ma’lumotlar uzatish tizimi qishloq xo‘jaligidagi qaror qabul qilish jarayoniga katta yordam berishini ta’kidladi.
Bundan tashqari, loyihani amaliyotga tatbiq etish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish, ikki davlat mutaxassislarining malakasini oshirish, seminar va treninglar tashkil etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan rejaga muvofiq hamkorlikni davom ettirish va loyihani bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etish borasida o‘zaro kelishuvga erishdi.



