Issiqxonalar — aholi bandligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam
2025-12-25 16:00:00 / Yangiliklar

Yilning to‘rt faslida ham barakali hosil yetishtirayotgan xo‘jaliklar asosan, pomidor-bodring, kartoshka, piyoz, karam va shu bilan birga limon va apelsin singari sitrus mevalar yetishtirib, xalqimiz dasturxoniga tortiq etishda xizmat qilmoqda.
Xususan, ushbu mahallaning ishsiz, kam daromadli oilalar a’zolaridan iborat 34 nafar fuqarosi “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida imtiyozli kredit mablag‘i bilan ta’minlanib, ular har biriga 5 sotixdan issiqxona qurib berilmoqda.
Bu orqali nafaqat ichki bozorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, balki aholi subyektlarida doimiy ish o‘rni yaratish va ularning bandligini ta’minlash muhim vazifa qilib belgilangan.
Zero, aholi farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyot garovidir.









