O‘zbekistonda banan iste’moli sezilarli ortmoqda
2025-12-25 14:25:00 / Yangiliklar

2024-yilning mos davriga nisbatan import hajmi 10,8 ming tonnaga oshgan bo‘lib, bu O‘zbekistonda import mevalarga, xususan bananga bo‘lgan ichki talabning barqaror o‘sib borayotganidan dalolat.
Banan importida Ekvador asosiy yetkazib beruvchi davlat bo‘lib qolmoqda. Ekvadordan 145,9 ming tonna banan import qilingan bo‘lib, ushbu mamlakat hissasiga jami import hajmining 90 foizdan ortig‘i to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, 13,9 ming tonna bilan Xitoy ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.
TOP–5 ro‘yxatda keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston (565,8 tonna), Turkiya (384,9 tonna) va Qirg‘iziston (337,3 tonna) egallagan.
Shu bilan birga, import geografiyasi avvalgi yilga nisbatan qisqargan. 2024-yilning 11 oyida 12 ta mamlakatdan banan import qilingan edi.
