Malina yetishtirishda qanday agrotexnik tadbirlarni qo‘llash tavsiya etiladi?
2025-12-25 11:00:00 / Yangiliklar

Shu bois, kuz faslida yoki erta bahorda qurib qolgan novdalar kesib tashlanadi va ularning o‘rniga yangi o‘sib chiqqan novdalar qoldiriladi. Bir yillik novdalarning yuqori qismi 150–160 sm balandlikdan kesiladi. Bu usul gul kurtaklarining yaxshi rivojlanishini ta’minlab, yirik, sifatli va mo‘l hosil olishga xizmat qiladi.
Malinaning ayrim navlari yiliga ikki marotaba hosil berish xususiyatiga ega. Ahamiyatlisi, u bir joyda 10–12 yil, hattoki undan ham ko‘proq muddat davomida o‘sib, har yili barqaror hosil berishi mumkin. Ushbu ekin chirindiga boy, tarkibi yaxshi va suvni oson o‘tkazadigan qumoq tuproqlarda yaxshi rivojlanadi.
Hosildorlikni oshirishda muhim agrotexnik tadbirlardan biri — o‘g‘itlash hisoblanadi. Shu sababli mo‘l hosil olish uchun har yili 1 gektar maydonga 500–600 kg superfosfat, 100 kg kaliy tuzi hamda 150–200 kg ammiakli selitra solish tavsiya etiladi.
Tuproq unumdorligiga qarab, har yili yoki yil oralatib gektariga 60–80 tonna organik o‘g‘itlar beriladi. Go‘ng, fosforli va kaliyli o‘g‘itlar kuzda yer haydash jarayonida, azotli o‘g‘itlar esa bahorda yer yumshatilishidan oldin qo‘llanadi.
Vegetatsiya davrida malina 12–15 marotaba sug‘oriladi. Har bir sug‘orishda 1 gektar maydonga 500–600 m³ suv sarflanadi. Birinchi sug‘orish g‘uncha tugish davrida, ikkinchisi gullashdan oldin, uchinchisi meva tugish arafasida amalga oshiriladi.
