Mehnat e’tirofi — taraqqiyot kafolati
2025-12-22 13:05:00 / Yangiliklar

Ana shunday e’tibor va e’tirof ramzi sifatida joriy yilning 20-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
Tadbirda qishloq va suv xo‘jaligi tizimida samarali mehnat qilayotgan ilg‘or fermerlar, mutaxassislar hamda soha fidoyilari jam bo‘lishdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev ishtirok etib, yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi. U o‘z nutqida soha vakillarining yurt ravnaqi yo‘lidagi mashaqqatli mehnatini, erishilayotgan natijalarni alohida e’tirof etdi.
Shuningdek, tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasiga qaratilayotgan doimiy e’tibor, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun alohida qabul qilingan qarorlar asosida sohani texnik jihatdan mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar ta’kidlandi. Xususan, hududga olib kelingan 2 mingdan ortiq zamonaviy texnika va agregatlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘layotgani qayd etildi.
Tantanali marosimda o‘zining halol va samarali mehnati bilan ajralib turgan bir guruh soha vakillari munosib rag‘batlantirildi. Jumladan, “Ilg‘or fermer”, “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fidoyisi”, “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi a’lochisi”, “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi”, “O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” bundan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qaroriga asosan “Ardaqlı nuranıy”, “Ibratlı hayal”, “Watan pidayısı” ko‘krak nishonlari hamda esdalik sovg‘alari o‘z egalariga tantanali ravishda taqdim etildi.









