Yangi turdagi subsidiyaga ariza berish imkoniyatlari yaratildi
2025-12-14 10:05:00 / Yangiliklar

Subsidiyani olish uchun quyidagi ketma-ket amallarni bajarish kifoya:
⏺Subsidiyaga talabgor OneID — yagona identifikatsiya tizimi orqali Agrosubsidiya.uz portaliga kiradi.
⏺ “Barcha xizmatlar” bo‘limidan mazkur subsidiya turini tanlaydi, hudud va tumanni belgilaydi.
⏺ Topshirilgan paxta xomashyosi hamda imzolangan hisobvaraq-faktura ma’lumotlari bilan tanishib, lozim topilganda arizani imzolaydi.
Ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 9-dekabrdagi 771-son qarori talablariga muvofiq, ushbu subsidiya turi bo‘yicha ariza faqat bir marta qabul qilinadi.
Agar imzolangan hisobvaraq-fakturada ko‘rsatilgan miqdorlar topshirilgan mahsulot hajmidan kam ekani aniqlansa, avvalo hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish choralarini ko‘rgandan so‘ng ariza berish tavsiya etiladi.
Eslatma:
Mazkur turdagi subsidiya:
• paxta-to‘qimachilik klasterlari,
• paxta xomashyosini qayta ishlash va ip-kalava ishlab chiqarish zanjiriga ega to‘qimachilik korxonalari,
• shuningdek, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilgan 4–5-sanoat navli paxta xomashyosi uchun ajratilmaydi.
Foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash
Telegram: t.me/govagrouz/38
Telefon: 71 206 70 07
