Hurmatli paxta yetishtiruvchilar!
2025-12-12 10:10:00 / Yangiliklar

Bugun allaqachon birinchi paxta topshiruvchilarga subsidiya mablag‘lari yetkazildi, jarayon izchil davom etmoqda.
Sizlarni ham subsidiya olish uchun zarur hujjatlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirishga chaqiramiz.
Ushbu mexanizmning asosiy talabi:
• Subsidiya odatda faktik topshirilgan paxta hajmi asosida ajratiladi.
• Agrotarozi ko‘rsatkichlari hamda hisob-faktura raqamlari o‘zaro to‘liq mos bo‘lishi shart.
• Raqamlarda farq aniqlansa, topshirish jarayoniga ruxsat berilmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, berilayotgan imkoniyat bir martalik bo‘lib, unda qatnashish uchun belgilangan muddatlarga qat’iy amal qilish talab etiladi.
Hurmatli fermerlar!
Jarayon ochiq, tartib qat’iy, imkoniyat esa katta.
Shoshiling!
Hujjatlaringizni belgilangan tartibda topshiring va subsidiya olish imkoniyatidan foydalaning.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 771-son qarori bilan 2025-yil hosilidan birjada sotilgan paxta xomashyosiga subsidiya berish tartibi tasdiqlangan.
