Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi
2025-12-07 17:15:00 / Yangiliklar

Tadbir yurtimizda sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga qaratilgan loyiha doirasida o‘tkazildi.
Marafonda 2000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashib, “Bir bayroq ostida birdamlik” shiori ostida belgilangan masofani bosib o‘tdi. Yoshlar, xotin-qizlar, sport ixlosmandlari va turli idoralar vakillarining faol ishtiroki tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari ham marafonda faol qatnashib, sog‘lom hayot va jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslarga o‘z hissasini qo‘shdi.
Tadbir Vatanimizga bo‘lgan hurmat, yagona bayroq ostida birdamlik va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qildi. Ishtirokchilar marafonni yuksak ruhda yakunlab, o‘zaro hamjihatlik namoyon qildilar.









