“Shashka” bo‘yicha “Vazir kubogi-2025” musobaqasi
2025-11-18 15:35:00 / Yangiliklar

Bugun, Vazirlikda xotin-qizlar o‘rtasida “Shashka” sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi-2025” musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa Toshkent davlat agrar universiteti “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasining malakali mutaxassislari jalb qilingan holda o‘tkazildi.
Musobaqada jami 20 dan ortiq xodimlar ishtirok etishdi.
Ashirova Madina – Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi birinchi o‘rin,
Raximova Mavjuda – Devonxona bo‘limi mutaxassisi ikkinchi o‘rin,
Suyarova Xadicha – Ilm-fan, innovatsiyalar va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi uchinchi o‘rinlarni egalladi.
Musobaqaning g‘olib va sovrindorlarini Vazir kubogi, I, II, va III darajali diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash marosimi “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni – “Hosil bayrami” kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.









