Hurmatli, paxta va g‘alla yetishtiruvchilar!
2025-11-17 15:05:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi “Fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 320-son qaroriga muvofiq, joriy yilda paxta va g‘alla yetishtirishda sug‘orish tadbirlari uchun iste’mol qilingan elektr energiyasi qiymatining bir qismini qoplash maqsadida “Agrosubsidiya” AT ga arizalar topshirish muddati hisobot yilining 5-dekabr sanasigacha etib belgilangan.

2025-yil 5-dekabrdan boshlab arizalar qabul qilish to‘xtatiladi.
Shu munosabat bilan, arizalarni belgilangan muddatgacha topshirib ulgurishingiz hamda barcha paxta va g‘alla yetishtiruvchilarni o‘z vaqtida ogohlantirib qo‘yishingiz so‘raladi.
