Markaziy Osiyo yetakchilari “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti taqdirlash marosimida ishtirok etdi
2025-11-15 20:30:00 / Ommaviy tadbirlar
Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif doirasida Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon Prezidentlari “Kelajak merosi” xalqaro mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimida qatnashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan ta’sis etilgan mazkur mukofot adabiyot, madaniyat, san’at, fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar sohalarida yuksak natijalarga erishgan ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjondan bir qator nufuzli san’atkor va ilm-fan namoyandalari g‘olib deb topildi.
Jumladan, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi xalqaro markaz direktori o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, Dilfuza Egamberdiyeva – “Fan, ta’lim va raqamli texnologiyalar” yo’nalishi bo‘yicha mukofotlandi.
Bu yuksak mukofot Vatanga sadoqat va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissaning e’tirofidir.
