Toshkent davlat agrar universitetining 95 yilligiga bag‘ishlangan haftalik boshlandi
2025-11-10 12:00:00 / Ommaviy tadbirlar
Toshkent davlat agrar universitetining 95 yillik yubileyi munosabati bilan o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari haftaligi doirasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitetning faxriy ustozlari, professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi va iqtidorli talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida agrar ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar, ustoz-shogird an’analari va yoshlarning ilmiy salohiyatini yanada oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
So‘zga chiqqan faxriy ustozlar universitet tarixidagi unutilmas lahzalar, ta’lim-tarbiya jarayonidagi boy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Yoshlar esa ustozlarga chuqur minnatdorlik izhor etib, ularning yo‘lini munosib davom ettirishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.









