O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning yangi istiqbollari muhokama qilindi
2024-06-25 15:05:00 / Yangiliklar
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanib bormoqda.
Davlatlarimiz Rahbarlari – Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov ikki mamlakat hukumatlari zimmasiga o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab bergan.
Ayni paytda barcha sohalarda ijobiy o‘sish dinamikasi kuzatilayotgani, muhim qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston qardosh Qirg‘iziston bilan barcha sohalardagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan manfaatdorligi bildirildi.
Buning uchun farmatsevtika, elektrotexnika, tog‘-kon sanoati, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik va boshqa sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.