“SNG.Today”: O‘zbekistonda 2025-yilda “yashil” energiya ulushi yana 10 foizga oshiriladi
2025-01-31 10:15:00 / Yangiliklar

“SNG.Today” internet nashri “Oʻzbekistonda “yashil” energiya ulushi 26% gacha oshiriladi” sarlavhasi ostida maqola chop etdi.
“2025-yilda mamlakat energetika tizimida “yashil” energiya ulushini hozirgi 16 foizdan 26 foizga yetkazish rejalashtirmoqda. Buning uchun yana 3,5 gigavattli 16 ta yirik quyosh va shamol stansiyaci, 160 megavattli 5 ta yirik GES va 1,8 gigavattli energiya saqlash quvvatlari ishga tushiriladi”, – deb yozadi “SNG.Today”.
