Quyosh panellari o‘rnatganlarga 10 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan
2024-12-18 18:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 6 536 nafar jismoniy shaxs ushbu dasturdan foydalanib, elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 10 mlrd 563 mln so‘m (10 million 563 ming 890 kVt⋅soat) davlat byudjetidan subsidiya oldi.
Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to‘g‘ri kelmoqda:
📍Xorazm viloyati - 2,4 mlrd so‘m;
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 1,7 mlrd so‘m;
📍Toshkent shahri - 1,4 mlrd so‘m.
📌Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasining “Keshbek va imtiyozlar” xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin.
📎Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt⋅soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan.