Hududlarda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda
2024-09-30 17:00:00 / Yangiliklar

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar o‘zaro til biriktirib, g‘isht mahsulotlari ishlab chiqarishda “Beshpaxlavon” MFYdagi nasos stansiyasi hududida suv nasosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 411,4 mln so‘mlik elektr energiyachsidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi Departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.k.” MCHJ mas’ul shaxslari va boshqalar MCHJning Andijon tumani, “Otchopar” MFY hududidagi suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, 200,6 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


