Hisobotlar
2024-yilda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amalga oshirilgan asosiy vazifalar to‘g‘risida
MA’LUMOT
I Investitsiyalar yo‘nalishi
2024-yil yakuni bilan 34,8 mlrd dollar xorijiy investitsiyalar (o‘sish 1,6 barobar), shundan 31,8 mlrd dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi (o‘sish 1,6 barobar).
Bunda, tarmoq loyihalarida 17,8 mlrd dollar (1,4 barobar) va hududiy loyihalarda 17 mln dollar (1,8 barobar) o‘zlashtirildi.
2024-yil yakuni bilan Xalqaro moliya institutlari hamda Xorijiy Hukumat moliya tashkilotlarining 3,0 mlrd dollar mablag‘i o‘zlashtirildi (105 foiz).
Davlat investitsiya dasturi doirasida qiymati 9,8 mlrd dollarlik 242 ta yirik va ahamiyatli loyihalar ishga tushirildi.
Hududiy investitsiya dasturlariga asosan 111 ta shahar va tumanlarning har birida o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 50 mln dollardan, shundan 51 tasida 100 mln dollardan ortdi.
Umuman, 2024-yilgi investitsiya dasturlariga muvofiq ishga tushirilgan loyihalar doirasida jami 250 mingdan ortiq, shu jumladan yirik loyihalarda 32,8 ming yangi ish o‘rinlari yaratildi.
II. Maxsus sanoat zonalari
2024-yilda jami 730 ta (22 ta – erkin iqtisodiy zona, 507 ta – Kichik sanoat zonasi va 201 ta – Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari) sanoat zonalarida qiymati 12,4 trln soʻm bo‘lgan 832 ta loyiha, shu jumladan qiymati 9 trln soʻmlik 60 ta loyiha Maxsus iqtisodiy zonalarda ishga tushirildi.
Ushbu sanoat zonalarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan 62,5 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 1,0 mlrd dollar eksport amalga oshirildi.
III. Mahalliylashtirish
2024-yilda mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan 2 270 ta loyiha doirasida 109 trln so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarildi (o‘sish 132 foiz) va natijada 8,5 mlrd dollarlik import hajmlari optimallashtirildi.
Bunda, 57 trln so‘m yoki 52 foizi (prognozga nisbatan 124 foiz) tarmoq korxonalariga hamda 52 trln soʻm yoki 48 foizi (110 foiz) hududiy korxonalarga toʻg‘ri keladi.
IV. Eksport
Respublikada tovar va xizmatlar eksporti 19,3 mlrd dollarni (maxsus eksportsiz) tashkil etib, 2023-yilga nisbatan 116 foizga (+2,7 mlrd doll.) o‘sdi.
Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar 8 foizga yoki
598 mln dollarga hamda xizmatlar eksporti 28 foizga yoki 1,6 mlrd dollarga o‘sishi kuzatildi.
Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasi hisobidan eksportchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 032 ta korxonaga 570,6 mlrd so‘mlik mablag‘lar yo‘naltirildi.
Mazkur korxonalar tomonidan 2,06 mlrd dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Eksport faoliyatiga 3 143 ta yangi korxona jalb etilib, ular tomonidan 1,4 mlrd dollarlik eksport ta’minlandi. Natijada, jami eksportchi korxonalar soni 7 mingtaga yetkazildi.
Hisobot yilida 55 ta davlatga 58 turdagi yangi mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Mahalliy korxonalar uchun qulayliklar yaratish maqsadida, Eronga qo‘shimcha 10 turdagi, Afg‘onistonga – 7 turdagi va Turkiyaga 8 turdagi mahsulotlar uchun imtiyozli savdo rejimini qo‘llash yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
