Turizm fidoyilari taqdirlandi
2024-09-25 11:30:00 / Vazirlik yangiliklari
Vazir Aziz Abduhakimov ko‘krak nishonini o‘z egalariga topshirdi. Taqdirlanganlar ichida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalarining mas’ul rahbarlari ham bo‘lib, ularning hududlarda turizm salohiyatini oshirish va ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlashdagi samarali faoliyatlari e'tirof etildi. Ular bilan tanishing:
Azamat Eshbekov – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hududiy bo‘linmalar bilan ishlash boshqarmasi bosh mutaxassisi
Uyg‘un G‘afurov – O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi rektori
Ilxom Mamatkulov – Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti rektori
Abdulaziz Gulamov – Toshkent davlat transport universiteti prorektori
Akbar Bababekov – O‘zbekiston Milliy universiteti Antropologiya va etnologiya kafedrasi mudiri
Dilshodbek Rustamov – Andijon davlat chet tillar instituti rektori, Ingliz tili adabiyoti kafedrasi professori
Abror Jurayev – Buxoro davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori
Shahnoza Shomurodova – Chirchiq davlat pedagogika universiteti umumiy kasbiy va ixtisoslik fanlari kafedrasi mudiri
Durbek Sayfullayev – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
Nozima Zufarova – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti turizm fakulteti dekani
Alisher Eshtayev – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti turizm va mehmonxona biznesi kafedrasi mudiri
Gafurdjan Zaxidov – Qo‘qon universiteti direktori
Ma’lumot o‘rnida, “Turizm fidoyisi” ko‘krak nishoni Prezidentning 2019-yil 13-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5781-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-sonli qarori bilan ta’sis etilgan.