Angola bilan oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi
2024-09-16 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari
16-sentabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev diplomatik missiyasini yaqinda boshlagan Angola Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Augushtu da Silva Kunya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Sh.Daliyev so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatda oliy ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi izchil islohotlar olib borilayotganini ta’kidlab, bugungi kunda, ayniqsa, muhandislik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha ildam qadamlar haqida to‘xtaldi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdilar.
Muloqot davomida tomonlar ikki davlatning oliy hamda professional taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohalaridagi oʻzaro aloqalarni mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildilar.