audio

    12+
    O’zbekiston tadqiqotchi-olimlari uchun bepul online akademik ingliz tili dasturiga start berildi

    Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasining moliyaviy ko‘magi doirasida respublikamizning tadqiqotchi olimlari uchun bepul online “English for Science 2024” o‘quv dasturining 1-bosqich tanlovlari boshlandi.

    Loyihaning asosiy maqsad va mohiyati:

    Tadqiqotchi olimlarning akademik ingliz tilidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarga maqolalarini tayyorlashlarida amaliy yordam berishdan iborat.

    O‘quv dasturida qatnashish uchun qo‘yiladigan talablar:
    1. Dasturda ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
    2. Ingliz tilini B1 darajada o‘zlashtirgan bo‘lishi;
    3. Ilmiy tadqiqot natijalari va ishlanmalariga ega bo‘lishi;

    O’quv formati: 
    Ishtirokchilar online platformada mustaqil ta’lim hamda mentorlar bilan ZOOM orqali workshop va master-class shaklda ta’lim olishadi.

    Dastur mentorlari qatorida barcha fan sohalari bo‘yicha AQSh, Xitoy, Yaponiya, Germaniya,  Niderlandiya, mamlakatlarida tahsil olgan yuqori tajribaga ega mutaxassislar (PhD, DSc) ishtirok etishadi.

     Dasturda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar joriy yilning 10-iyul sanasiga qadar quyida keltirilgan havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
    +998933225689 
    📧:englishforscience@gmail.com

    Taklif va e’tirozlar uchun:
    +998909426131
    📧munis@wbgrants.uz
     

    • view_icon 660
    : 2024-06-11 20:43:46