YUNESKO bilan hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi
2024-09-05 09:40:00 / Vazirlik yangiliklari
Uchrashuvda har ikki tomon raqamli texnologiyalarni O‘zbekiston ta’lim tizimiga integratsiya qilish muhimligini ta’kidladi. Stefaniya Jannini Oʻzbekistondagi raqamli oʻzgarishlar, xususan, onlayn taʼlim, raqamli savodxonlik va pedagoglar malakasini oshirish sohalarida keng koʻlamli islohotlarini e'tirof etdi.
Raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Rustam Karimjonov mamlakatda raqamli taʼlim muhitini rivojlantirish, sohalarni raqamlashtirishda Oʻzbekiston YUNESKOning doimiy yaqin hamkori ekanini ta’kidladi.
“YUNESKO bilan hamkorligimiz boshqa mamlakatlar uchun namuna boʻla oladigan darajada yaqin. Bu bizga mamlakatda keng qamrovli raqamli taʼlim tizimini rivojlantirish uchun zarur yordam va bilimlarni taqdim etishiga ishonamiz”, – dedi vazir oʻrinbosari.
Stefaniya Jannini O‘zbekistonning ta’lim olish imkoniyati va sifatini oshirish vositasi sifatida raqamli texnologiyalarni qo‘llash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. U O‘zbekistonning strategik e’tibor va texnologiyaga investitsiyalarini hisobga olgan holda, raqamli ta’lim bo‘yicha mintaqaviy yetakchiga aylanish salohiyatini ta’kidladi. YUNESKO O‘zbekiston bilan raqamli ta’lim muhitini yaratishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.