ATTRAKSIONLARDAGI XAVFSIZLIK
2025-04-03 14:40:00 / Yangiliklar

Chunki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili minglab bolalar attraksionlarda jarohat oladi va hayotda bevaqt ko‘z yumadi. Biroq, bu holatlarni oldini olish mumkin edi. Negaki, bolalar xavfsizligi nafaqat ota-onalar balki, attraksion operatorlari va davlat organlarining ham mas’uliyatidir. Bolalar uchun bayramlar va dam olish kunlari unitilmas quvonch manbaiy bo‘lgan ushbu o‘yin-kulgi va quvonch vositasini qanday qilib xavfsiz ishlatish mumkin? Bu borada yurtimizda qanday choralar ko‘rilayapti? Shu kabi savollarga javob qidirib ko‘ramiz.
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘iziston Respublikasi, Bishkek shahri I.Panfilov nomidagi istirohat bog‘ida tashrif buyurgan fuqaroning attraksiondan foydalangan vaqtda yiqilib tushish holati aks etgan videolavha tarqaldi. Unda voqea ishtirokchisi 19 yoshli qiz hodisa oqibatida jarohatlanib, shahar tibbiy muassasasiga yotqizilgan. Hokimiyat matbuot xizmati xabarida, hodisaga xavfsizlik kamarining uzulishi sabab bo‘lgani aytilgan. Aynan bu kabi holatlarning har mavsumda takror uchrashi har birimizni sergaklikka chaqiradi. Xo‘sh, bu kabi noxo‘sh holatlar oldini olish mamlakatmizda qanday ishlar am alga oshirilmoqda? O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 186-son Qarorlariga asosan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi hamda liftlar va istirohat bog‘lari attraksionlaridan foydalanish borasidagi qonunchilik va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga yuridik hamda jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshirish vazifalari yuklatilgan. Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 2024 yilning 26 dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Attraksionlar xavfsizligi tug‘risdagi texnik reglamentni hamda Attraksionlarni hisobga olish va davlat reestrini yuritish tartibi tug‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 886-sonli qarori qabul qilindi. Endilikda mazkur qaror talablari asosida joylardagi mavjud attraksionlar va yangitdan o‘rnatilishi nazarda to‘tilgan attraksionlar reglament talablariga qat’i amal qilagan holda o‘rnatilishi shart bo‘ladi. Xususan, qarorga asosan ilgari hisobga olingan nostatsionar attraksionning o‘rnatilgan joyi o‘zgargan taqdirda, Qo‘mita tomonidan vaqtincha hisobga olinishi belgilab berildi. Shuningdek, ijaraga olingan attraksion ijaraga oluvchi nomiga hisobga olinadi. Qaror bilan tasdiqlangan Nizom kuchga kirgunga qadar foydalanishga topshirilgan va hisobga olinmagan attraksionlar quyidagi muddatlarda hisobga olinishi kerak:
attraksionlarning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavf darajasining I darajasiga mansublari – ushbu Nizom kuchga kirgan kundan boshlab 12 oy o‘tgunga qadar;
attraksionlarning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavf darajasining II darajasiga mansublari – ushbu Nizom kuchga kirgan kundan boshlab 15 oy o‘tgunga qadar;
attraksionlarning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan biomexanik xavf darajasining III darajasiga mansublari – ushbu Nizom kuchga kirgan kundan boshlab 18 oy o‘tgunga qadar etib belgilandi.
ATTRAKSIONLARNI HISOBGA OLISh TARTIBI
Reestrda hisobga olish uchun ekspluatatsiya qiluvchi Qo‘mitaga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtirilgan Attraksionni davlat reestriga kiritish, davlat reestridagi ma’lumotlarni yangilash, ilgari davlat reestriga kiritilgan attraksionni o‘rnatilgan joyi bo‘yicha vaqtincha davlat reestriga kiritish, attraksionning davlat reestriga kiritilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani berish haqidagi arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
ekspluatatsiya qiluvchining attraksiondan foydalanish huquqini tasdiqlovchi;
attraksion ishlab chiqaruvchisi tomonidan va (yoki) ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan tayyorlangan attraksion pasporti;
attraksiondan texnik foydalanish uchun qo‘llanma;
attraksionga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha qo‘llanma;
texnik foydalanish, shuningdek, attraksionga texnik xizmat ko‘rsatish
va ta’mirlash talablari bajarilishini ta’minlaydigan ekspluatatsiya qiluvchi tomonidan tasdiqlangan jurnallarning nusxalari;
muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyaning nusxasi;
attraksionni montaj qilish (yig‘ish, o‘rnatish) tugagandan so‘ng qabul qilinganligi to‘g‘risidagi hujjatlarning ekspluatatsiya qiluvchi tomonidan tasdiqlangan nusxalari, shu jumladan, qabul qilish sinovlari, sozlash
va rostlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek ichki nazoratni tashkil etish va attraksionning xavfsiz ishlashi uchun mas’ul xodimlarni tayinlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
attraksionning texnik holatini baholash (texnik ko‘rikdan o‘tkazish) dalolatnomasi, attraksionning ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan attraksionni montaj qilish (yig‘ish, o‘rnatish) tugagandan so‘ng berilgan kundan boshlab 12 oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt o‘tgandan keyin attraksionlarning texnik holati texnik foydalanishga qo‘yiladigan talablar ro‘yxatiga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat;
attraksion harakati marshruti haqida ma’lumot;
attraksionning xavfsiz foydalanish muddatini uzaytirish shartlari
va ehtimoliy muddatni o‘z ichiga olgan so‘rov natijalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan tashkilot tomonidan berilgan xulosa;
shuningdek, attraksiondan texnik foydalanishda jismoniy shaxslarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga, davlat mulkiga, atrof-muhitga zarar yetkazganlik uchun attraksion egasining fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta nusxasi;
ekspluatatsiya qiluvchi tomonidan attraksionning biomexanik xavf darajasini aniqlashda foydalaniladigan hujjatlardir.
Reestrda hisobga olish tasdiqlangan Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Attraksionlarni davlat reestrida hisobga olish sxemasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Reestrni yuritish Sanoat radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan amalgan oshiriladi. Endilikda Attraksiondan xavfsiz foydalanish uchun sharoitlarni baholash (tekshirish) jarayonida attraksion vizual usulda, attraksion belgisi mavjudligi va uning taqdim etilgan hujjatlarga muvofiqligi hamda qo‘shimcha ravishda quyidagilar mavjudligi bo‘yicha tekshiriladi:
attraksionga kirish eshigi oldida o‘rnatilgan tashrif buyuruvchilar uchun attraksiondan foydalanish qoidalari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish qoidalari, agar ular uchun attraksionning biomexanik ta’siri mavjud bo‘lsa, sog‘lig‘i holati, yoshi, bo‘yi va vazniga ko‘ra attraksiondan foydalanishga cheklovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, attraksionning texnik holatini baholagan tashkilot va keyingi yillik tekshiruv sanasi ko‘rsatilgan oxirgi yillik tekshiruv sanasi to‘g‘risidagi, shu jumladan, ushbu ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan QR-kodli (matrik shtrixli kod) ma’lumotlari;
attraksiondan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish jarayonini uzluksiz kuzatib borish imkonini beruvchi video kuzatuv moslamalari bilan jihozlash;
tashrif buyuruvchilarning bo‘yi va vaznini o‘lchash vositalari;
attraksionning asosiy texnik tavsiflari haqidagi ma’lumotlarni
o‘z ichiga olgan attraksion boshqaruv pulti yoniga o‘rnatilgan taxtachalar;
Bunda Attraksiondan xavfsiz foydalanish uchun sharoitlarni baholash (tekshirish) natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda, attraksionning pasportiga attraksionning reestrga kiritilganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yiladi. Ekspluatatsiya qiluvchi attraksionning reestrga kiritilganligi to‘g‘risidagi qaydning attraksionga kirishda tashrif buyuruvchilarga ko‘rinadigan zonada, belgilangan marshrut bo‘ylab harakatlanuvchi o‘ziyurar attraksionlar uchun esa attraksionning old tomonida uning simmetriya o‘qi bo‘ylab yoki undan chap tomonda joylashishini ta’minlashi kerak bo‘ladi. Qo‘mita attraksionni reestrga kiritishni rad etish uchun asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, rad etishning aniq asoslari to‘g‘risida ekspluatatsiya qiluvchini besh ish kuni mobaynida yozma ravishda xabardor qiladi.
ATTRAKSIONLARDAN FOYDALANIShNING XAVFSIZLIK TALABLARI
Attraksiondan foydalanuvchi tashkilot qayta tashkil etilganda yoki nomi o‘zgarganda, uning rahbari arizasiga asosan attraksion reestrda qayta hisobga olinadi. Attraksionni qayta hisobga olish Qo‘mita tomonidan attraksionni reestrda hisobga olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Qo‘mita faoliyatini amalga oshirish va belgilangan vazifalarni to‘liq ijrosini ta’minlash maqsadida shuningdek, attraksionlarda xavfsiz foydalanish va tasarruf etishdaga qoidalarga so‘z amal qilish yuzasidan huquqiy ta’sir choralari ham kuchaytiriladi. Mazkur Texnik reglament kuchga kirgan paytdan boshlab, O‘zbekistan Respublikasi hududida attraksionlar xavfsizligiga quyiladigan talablarni belgilaydi. Ushbu Texnik reglament talablari buzilishida aybdor bulgan shaxslar O‘zbekistan Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofik javobgar bo‘ladilar. Mamlakatimiz hududida attraksionlardan foydalanish yuzasidan 2024 yilning hisobot davrida bir qancha baxtsiz holat ko‘zatildi. Bunda fuqarolar belgilangan texnik reglament va qoida talablariga rioya qilinmagan attraksionlardan foydalanilgan.
Attraksionlardan foydalanishning xavfsizlik talablariga rioya kilinishi ustidan masofaviy nazorat kilish, shu jumladan, huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar berish Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “attraksionnazorati” elektron platforma (mobil ilova) orkali amalga oshiriladi. Bunda fuqarolar nosoz attraksionlar haqida mobil ilova orqali ma’lumot berishi va qo‘mitaning (78) 203 02 39 raqamli ishonch telefoni orqali attraksionlar bilan bog‘liq maslalar bo‘ytcha aloqaga chiqish imkoniyatlari mavjud.
Yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda endilikda yangi tartibdagi reglament bilan attraksionlarni tasarruf etuvchilarga yana bir karra mas’uliyat va javobgarlikni oshirishni so‘rab qolamiz.
Sanoat, radiatsiya va yadro
xavfsizligi qo‘mitasi
Axborot xizmati rahbari
Bekzod BERDIEV

