Asosiy kontentga o'tish

Yil yakunlari bo'yicha matbuot anjumani

2024-01-25 17:50:00 / Vazirlik yangiliklari

2023 yilda Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi tomonidan aholining bandligini taʼminlashga doir amalga oshirilgan ishlar va 2024 yil uchun belgilangan bandlik, hokim yordamchilari hamda migratsiya bo‘yicha rejalar to‘g‘risida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Davlatimiz Rahbarining 2024 yil 9 yanvardagi “Yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish dasturi to‘g‘risida”gi PQ-7-sonli qarori ijrosini o‘z vaqtida va to‘liq taʼminlash maqsadida 2024 yilda 524,6 ming nafar aholining bandligini taʼminlash, jumladan, 82,9 ming doimiy, 368,1 ming mavsumiy va 73,7 ming nafar aholini vaqtinchalik ishlarda bandligini taʼminlash bo‘yicha rejalarni belgilab olindi.

Sohalar kesimida Investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish hisobiga 2024 yilda 13,0 ming nafar.

Xizmat ko‘rsatish va 2024 yilda 110,8 ming nafar; kambag‘allikni qisqartirish hisobiga.

Qishloq xo‘jaligi sohasida 2024 yilda 416,3 ming nafar; Qurilish sohasida 2024 yilda 10,1 ming nafar.

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda eksport salohiyatini oshirish, mavjud zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalangan holda aholining doimiy daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratiladi.

2024 yil davomida tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan 61,8 ming nafar ish bilan band bo‘lmagan shaxslarga bandlik xizmatlari ko‘rsatiladi. Buning uchun bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hamda jamoat ishlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 27 mlrd. so‘m mablag‘ moliyalashtiriladi.

197

Oxirgi yangilanish: 2024-04-17 18:22:45

Yil yakunlari bo'yicha matbuot anjumani