O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Autstafing xizmatlarini ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi.
2024-10-25 20:35:00 / Vazirlik yangiliklari
Autstafing ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga ushbu xodimlar tomonidan ish beruvchi va uning xodimi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida, shuningdek, jamoa kelishuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtinchalik yuborish yo‘li bilan ko‘rsatiladigan xizmatlar turidir.
Ushbu yangi joriy etilgan xizmat turi norasmiy bandlikni kamaytirishga hamda aholini ish bilan ta’minlashning progressiv shakllarini rivojlantirish orqali bandlikni yanada kengaytirishga va tadbirkorlik sub’yektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
