Agritechnica — 2025: Qishloq xo‘jaligida yangi tendensiyalar va raqamli innovatsiyalar
2025-11-06 09:30:00 / Ommaviy tadbirlar

Unda 50 dan ortiq davlatdan 2 800 dan ziyod kompaniya ishtirok etishi, tashrif buyuruvchilar soni esa 430 ming kishini tashkil qilishi kutilmoqda. Ushbu xalqaro maydon qishloq xo‘jaligi texnikasi va raqamli texnologiyalar sohasidagi eng so‘nggi innovatsiyalar bilan tanishish uchun yetakchi platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Kunning bosh mavzusi – “Touch Smart Efficiency” (“Sun’iy intellekt samaradorligi”). Shu munosabat bilan bu yilgi ko‘rgazma yangi formatda – “7 kun – 7 mavzu” dasturi asosida tashkil etilmoqda.
An’anaga ko‘ra, quyidagi nufuzli mukofotlar egalarini topadi:
➖ Innovation Award Agritechnica – eng ilg‘or va samarali texnik innovatsiyalar uchun;
➖ Systems & Components Trophy – eng yaxshi muhandislik yechimlari uchun;
➖ DLG-Agrifuture Concept Winner – kelajak fermerligi uchun innovatsion konseptlar va vizual g‘oyalar uchun.
Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar uchun Agritechnica mobil ilovasi orqali qo‘shimcha axborot, xizmatlar va navigatsiya imkoniyatlari taqdim etiladi. Dilerlar uchun Business Matchmaking tizimi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Agritechnica — 2025 – qishloq xo‘jaligi texnikasi va raqamli innovatsiyalar bo‘yicha yetakchi mutaxassislar uchun eng muhim va interaktiv uchrashuv maydonidir.
