Qishloq xo‘jaligi vazirligida navbatdagi ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi
2025-06-13 12:40:00 / Yangiliklar
Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida xodimlarning kasbiy bilim va malakasini oshirishga qaratilgan navbatdagi ma’rifat soati tashkil etildi.

Tadbirda Agrar sohada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va raqamlashtirish departamenti boshlig‘i Izzatilla Ikromov “Qishloq xo‘jaligi vazirligining ‘AgroDoks’ va ‘Hosil-qabuli’ axborot tizimlaridan foydalanish masalalari” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Ma’ruzada ushbu axborot tizimlarining imkoniyatlari, ularni amaliyotga joriy etish bosqichlari hamda xodimlar uchun yaratilayotgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, tizimlardan samarali foydalanish yuzasidan amaliy tavsiyalar va yo‘l-yo‘riqlar taqdim etildi.
Maqsad — raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali qishloq xo‘jaligi sohasida ish samaradorligini oshirish hamda xodimlarning kasbiy salohiyatini mustahkamlashdan iborat.









